AsosiyJamiyat

«Humo arena»ning ochilishida ishqibozlarni unutilmas shou kutmoqda

'«Humo arena»ning ochilishida ishqibozlarni unutilmas shou kutmoqda'ning rasmi

Yana bir necha kundan so`ng, aniqrog`i, 15 mart kuni poytaxtimizda o`zbek sporti tarixida yangi solnoma ochiladi. 2 yil davomida qurilgan muhtasham “Humo” arenasining ochilishi aynan ushbu kunga belgilangan. Bugun mazkur tadbir oldidan matbuot-anjumani bo`lib o`tdi. Unda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi, jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O`zbekiston xokkey federasiyasi, O`zbekiston elektron OAV milliy asosiasiyasi, “Humo arena»si qurilishi direksiyasi rahbariyati va sport jamoatchiligining boshqa vakillari ham ishtirok etishdi.

«Xumo arena”si bir so`z bilan aytganda ko`p tarmoqli universal sport inshooti bo`ladi. Unda nafaqat xokkey balki, qishki sport turlaridan short-trek, figurali uchish, kyorling, konkida yugurish muz ustiga maxsus qoplama to`shalgan taqdirda gandbol, basketbol, voleybol, dzyudo, og`ir atletika, mini-futbol va shu kabi juda ko`plab sport musobaqalarini qabul qilishimiz mumkin. Yaqin yillar ichida sport federasiyalari va assosiasiyalari bilan hamkorlikda majmuada Olimpiya o`yinlariga kiritilgan shunday sport turlari bo`yicha kattalar o`rtasidagi jahon chempionatlarini qabul qilishni rejalashtirganmiz”, – deydi Jasur Matchanov.

Shuningdek, mutasaddilar anjuman davomida jurnalistlar va tadbirga yig`ilganlarning savollariga javob berishdi. Tabiiyki, ko`pchilikni qiziqtirgan savol ochilish marosimining qanday ssenariy asosida o`tkazilishi bo`ldi.

Ochilish marosimi sport muxlislarining yodida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Badiiy qismning o`zida 2 mingdan oshiq ishtirokchi qatnashadi. Bundan tashqari arenaga 6 mingdan ziyod muxlislar kelishi kutilmoqda. Ochilish marosimida bosh g`oya san`at va sportni birgalikda uyg`unlashtirib berishdir. Shuningdek, unda Pavel Bure, Vitaliy Proxorov kabi yaqin o`tmishimizning xokkey yulduzlari, muz ustida raqs bo`yicha Turin Olimpiadasi chempioni Tatyana Navka, konsert dasturida esa Filipp Kirkorov, Nikolay Baskov, Dima Bilan kabi estrada yulduzlari tashrif buyurishadi”, – deydi ochilish marosimi tashkilotchisi Madina Tursunova.

“Humo arena»si asosiy va kichik maydonlarga ega bo`lib, katta musobaqalar uchun mo`ljallangan qismi 12 500 muxlisni o`z bag`riga sig`dira oladi. Mazkur sport inshootining ochilish marosimi 15 mart kuni bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar