AsosiyDunyo

Xitoyda ilk virtual suxandon ayol paydo bo`ldi

'Xitoyda ilk virtual suxandon ayol paydo bo`ldi 'ning rasmi

Xitoyda ilk virtual suxandon ayol paydo bo`ldi, deb xabar berdi Segodnya.ua nashri.

2018 yili “Sinxua” Xitoy davlat axborot agentligi Sogou.com bilan birgalikda dunyodagi ilk sun`iy intellektli teleboshlovchini namoyish etgan edi. Yaqinda esa agentlik neyrotarmoqdan dunyodagi ilk boshlovchi virtual ayolni yaratdi. Unga Sin Syaomen deb ism berildi.

Sinning mimikasi har qanday ayolning yuz harakatlariga to`g`ri keladi, biroq sinchkov tomoshabin uning lablaridagi defektni payqashi mumkin.

Sinning professional debyuti mart oyidan boshlandi.

    Boshqa yangiliklar