Buyuk Britaniyalik ayol bo`yniga tashlab olgan sharfi tufayli omon qoldi, deb xabar bermoqda Lenta.ru nashri.
Sautend-on-Si shahrida istiqomat qiladigan 25 yoshli Aleksandra Vinon (Alexandra Vignon) kommivoyajyorlik ishiga otlanishdan oldin bo`yniga sharf taqib olishga qaror qiladi. Uylarning birida unga 24 yoshli Jeyms Tomas (James Thomas) tashlanadi va 11 marta qizning elkasi, bo`yni, yuzi, qo`li va ko`ksiga pichoq sanchadi. Keyin esa voqea joyidan g`oyib bo`ladi.
Kasalxonada ma`lum bo`ladiki, aynan sharf tufayli Aleksandra tirik qolgan ekan, negaki pichoq sharfning ustidan tanaga chuqur kirmay qolibdi. To`rt soatlik operasiyadan so`ng Vinonning bo`ynidan pichoq olib tashlanadi.
Tomas o`zini polisiyaga topshiradi. Aytishicha, o`n yildan buyon kimgadir pichoq sanchmoqchi bo`lgan ekan. U 16 yilga qamoq jazosiga hukm qilindi.






