AQShning Jorjiya shtatidan bo`lmish muallima 10 ming dollar sohibasiga aylandi, deya xabar berdi Lenta.ru nashri.
Gap shundaki,Squaremouth sug`urta kompaniyasi yashirin tanlov o`tkazgan va boshqa mamlakatlarga chiqishda rasmiylashtiriladigan sug`urta hujjatlariga mayda harflar bilan “O`qiy olsangiz, 10 ming dollar to`laymiz”, deb yozib qo`yadi. Sirli bitik hujjatning ettinchi sahifasiga yashirilgan edi.
Shu tarzda ushbu detalni o`rta maktab o`qituvchisi Donelan Endryus (Donelan Andrews) o`qiy oldi: u o`qituvchi bo`lgani uchunmi, qog`ozdagi har bir yozuvga e`tibor berdi va 10 ming dollar sohibasiga aylandi.






