AsosiyJamiyat

Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig`i tayinlandi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga asosan Eshmatov Srojiddin Tog`aymurodovich Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi.

Srojiddin Eshmatov 1971 yilda Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xo`jaligi institutini, 1999 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1992 yilda Qashqadaryo viloyati Kitob shahar davlat soliq inspeksiyasida inspektorlik lavozimidan boshlab, 27 yillik faoliyati davomida viloyat davlat soliq xizmati organlarida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Davlat soliq qo`mitasi

Jamoatchilik bilan aloqalar

va huquqiy axborot bo`limi

    Boshqa yangiliklar