AsosiyJamiyat

Bojxonachilar “metall chiqindilari” operasiyasini fosh etishdi

'Bojxonachilar “metall chiqindilari” operasiyasini fosh etishdi'ning rasmi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy texnik idora” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari yirik miqdorda metall mahsulotlarini mamlakatimizga noqonuniy olib kirilishiga chek qo`yishdi.

Poytaxtimizda faoliyat ko`rsatuvchi Mas`uliyati cheklangan jamiyatlardan biri tomonidan bojxonachilarga taqdim etilgan hujjatlarga ko`ra, qo`shni mamlakatdan kirib kelgan yuk poezdi vagonlarida metall chiqindilari olib kelinayotganligi ko`rsatilgan bo`lsada ammo, vagonlardagi yuklar inspeksion ko`rik majmuasi orqali bojxona nazoratidan o`tkazilganda tayyor metall mahsulotlari borligi fosh etildi.

Ushbu 4 turdagi tayyor metall mahsulotlarining umumiy qiymati 1 milliard so`mga teng bo`lib, og`irligi salkam 123 tonnani tashkil qildi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar