Netlfix strim-servisi “Yolg`izlikning yuz yili” romanini ekranlashtirish niyatida, deya ma`lum qilmoqda Kinopoisk.ru nashri.
Netlfix romanni serial sifatida ekranlarga chiqaradi, bu esa roman ilk bor e`lon qilingan 1967 yildan beri ilk adaptasiya bo`ladi. Adaptasiya ssenariysini kim yozishi noma`lum. Loyiha prodyuserlari — yozuvchining o`g`illari Rodrigo Garsiya va Gonsalo Garsiya Barchi.
Suratga olish ishlariga Lotin Amerikasining eng yaxshi kinematografistlari jalb etiladi.






