Chumolilarda saratonga qarshi dori topildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti nashri.
Moskva Davlat Universiteti olimlari qora chumoli ichaklarida noyob tabiiy antibiotik bo`lmish nimobisin borligini aniqlashdi va unda saratongaqarshi xususiyat borligini kashf etishdi.
Olimlar chumoli organizmidagi nimobisin saraton hujayralarini katta tezlikda “o`ldirishi”ni tadqiqotlar asosida aniqlashdi. Nimobisin antibiotigi mavjud bo`lgan chumolilar Rossiya o`rmonlarida ko`plab uchraydi.






