Forbes jurnali 2019 yildagi dunyoning eng boy odamlari ro`yxatini e`lon qildi, deya xabar berdi Layf.ru nashri.
Unga ko`ra, "Amazon" asoschisi Jeff Bezos ketma-ket ikkinchi bora ro`yxatda peshqadamlik qilmoqda. Uning umumiy boyligi 131 milliard dollarga etgan. Undan keyingi o`rinda esa Microsoft asoschisi Bill Geyts va Uorren Baffet turibdi.
Shuningdek, jurnal jahoning eng yosh milliarderlari ro`yxatinii ham tuzib chiqqan. Kosmetika kompaniya yuzi va yaratuvchisi bo`lgan 21 yoshli Kayli Jenner Mark Sukerbergning rekordini yangilab, eng yosh milliarderga aylandi. Undan keyingi ketma-ket uchta o`rinni 30 yoshgacha bo`lgan norvegiyalik biznesmenlar egallab turibdi.






