BMTning Inson xuquqlari bo`yicha Oliy kommisari huquq-tartibot organlarini noroziliklar namoyishlari ishtirokchilariga nisbatan qilingan zo`ravonliklarni tergov qilishga chaqirmoqda, deb xabar bermoqda Trend nashri.
Polisiya va maxsus xodimlar “sariq nimchalilar” aksiyasi vaqtida ko`pchilikni qo`lga olgan. O`tkazilgan yig`ilishda esa ushbu holat yuzasidan batafsil tergov o`tkazishga chaqirildi.
- Biz hukumatni namoyishchilar bilan muloqotni davom ettirishga chaqiramiz. Hokimiyat kuch ishlatilgan barcha vaziyatlarni ko`rib chiqishi lozim, - deydi BMT vakili.






