O`zbekiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Baxtiyor Ibragimov Abu-Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari vise-prezidenti, bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktumga o`zining ishonch yorliqlarini topshirdi.
TIV xabariga ko`ra, marosimdan so`ng bo`lib o`tgan qisqa suhbat chog`ida Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum prezident Shavkat Mirziyoevga o`zining chuqur hurmatini izhor etgan va O`zbekistonning BAA rahbariyati va xalqi uchun alohida ahamiyatga ega ekanligini qayd etgan.






