5-mart kuni Toshkentdagi Inha universitetida tarixiy voqea ro`y berdi - O`zbekistonda birinchi “ASPEX BI SCHOOL” VI tahlilchilar maktabining ochilishi bo`lib o`tdi.
Raqamli ma`lumotlarni avtomatlashtirish, to`plash va qayta ishlash, biznes-tahlil, tadrijiy hisobotlar va prognozlar sohasida “ ASPEX ” - Qozog`iston IT -bozori etakchisi hisoblanadi.
Ushbu tadbir doirasida Toshkentdagi Inha universitetining iqtidorli talabalariga grantlar ajratish nazarda tutilgan holda, VI tahlilchilarni tayyorlash bo`yicha uch oylik yozgi kurslarni tashkil etish bo`yicha shartnoma imzolandi.
“ ASPEX BI SCHOOL ” - bu kompaniyalarning maʼlumotlar massivi bilan ishlovchi va tahliliy hisobotlar tayyorlovchi Full-stask VI tahlilchilarini to`laqonli ravishda uch oy davomida tayyorlash va o`qitishdir. Power BI bo`yicha o`quv dasturi Power BI bilan qulay tarzda ishlash imkonini taqdim etuvchi birinchi grafikni yaratishdan tortib, eng yangi ilg`or texnikalardan foydalanishga qadar turli mavzularni qamrab oladi.






