Internet tarmoqlarida O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Otabek Murodov vazifasidan ozod etilgani, uning o`rniga ichki ishlar vaziri Po`lat Bobojonov tayinlangani haqida turli gaplar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati ma`lum qilishicha, Bosh prokuraturada ayni paytda O.Murodov rahbarligida faoliyat davom ettirilmoqda. Turli uydirma gaplarga hech qanday asos yo`q.
Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ham vazir P.Bobojonov o`z faoliyatini davom ettirayotganini ma`lum qildi.






