AsosiyDunyo

Chexiyada 2 ta temiryo`l halokati ro`y berdi

'Chexiyada 2 ta temiryo`l halokati ro`y berdi 'ning rasmi

Chexiyada bir kunning o`zida temiryo`l hodisasi bilan bog`liq 2 ta halokat ro`y berdi, deya ma`lum qildi Trend nashri.

Mamlakat janubidagi Brno shahridagi stansiyada yo`lovchi tashuvchi poezdlar o`zaro to`qnashgan. Natijada esa 21 nafar yo`lovchi tan jarohati oldi. Ularning 13 tasi og`ir ahvolda kasalxonaga etkazilgan. Qurbonlar yo`q. Undan avval esa yo`lovchi va yuk tashuvchi poezdlar to`qnashuvi kuzatilgan edi. Falokat natijasida 6 kishi jabrlangan.

    Boshqa yangiliklar