Buyuk Britaniya poytaxti Londonda joylashgan Hitrou va Siti xalqaro aeroportlaridan bir nechta portlovchi qurilmalar topildi, deb xabar qildi Report nashri.
Shuningdek, Vaterlo temiryo`l stansiyasida ham shubhali paket borligi haqida Skotland-Yardga xabar kelib tushgan. Shubhali paket pochta xizmati xodimlarining e`tiborini tortgan. Joylarga etib borgan maxsus xodimlar xafvsizlik yuzasidan odamlarni binolardan evakuasiya qilishdi. Topilgan portlovchi qurilmalar maxsus guruh tomonidan xavfsizlantirildi. Terrorizmga qarshi kurash departamenti bombalar solingan paketlarda Irlandiya pochta markasi yopishtirilganini xabar qilmoqda.






