Isroil Madrimov 9 mart kuni AQShda o`zining professional boksdagi ikkinchi jangini o`tkazadi. Bir necha soat avval vakilimizning raqibi ham aniqlandi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati.
Unga ko`ra Madrimov venesuelalik Frenk Roxasga qarshi ringga chiqadigan bo`ldi. Ma`lumot uchun, Frenk shu paytgacha professional boksda 26 marta ringga ko`tarilib 24 bor zafar quchgan. G`alabalarining 23 tasida raqibini nokautga uchratgan va 2 bor mag`lub bo`lgan.
Isroil Madrimov ayni damda «WBA» yo`nalishi bo`yicha jahon reytingining to`qqizinchi pog`onasida turibdi.






