AsosiyJamiyat

Hibsxonalarda saqlanayotganlarga tibbiy yordam ko`rsatish tartibi belgilandi

'Hibsxonalarda saqlanayotganlarga tibbiy yordam ko`rsatish tartibi belgilandi 'ning rasmi

“Ichki ishlar organlarining vaqtincha saqlash hibsxonalari hamda ma`muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo`ljallangan maxsus qabulxonalarda saqlanayotgan shaxslarga davlat sog`liqni saqlash muassasalarida tibbiy yordam ko`rsatish tartibi to`g`risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan o`tkazildi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanalida xabar qilindi.

Nizomga muvofiq, maxsus muassasada saqlanayotgan shaxslarga stasionar sharoitda tibbiy yordam ko`rsatilishi zarur bo`lgan hollarda ularga davlat sog`liqni saqlash muassasalarida tibbiy yordam ko`rsatiladi.

Shunga ko`ra, maxsus muassasada saqlanayotgan shaxs muassasa tibbiyot xodimlariga kameralarni har kungi ko`zdan kechirish vaqtida, shoshilinch va kechiktirib bo`lmaydigan hollarda esa, istalgan xodimga tibbiy yordam ko`rsatilishini so`rab murojaat qilishi mumkin. Bunda shaxsga zarur tibbiy yordam ko`rsatilishi shart.

Tibbiy yordam ko`rsatishda qo`shimcha tez tibbiy yordam brigadasi chaqirilishi mumkin.

Shifokor shaxsga stasionar sharoitda tibbiy yordam ko`rsatilishi lozimligi to`g`risida qaror qabul qilganda, u shaxsni davlat sog`liqni saqlash muassasasining maxsus xonasiga joylashtirish choralarini ko`radi.

Maxsus xona nizomda ko`rsatilgan talablarga javob berishi va tegishli jihozlar, buyum va ashyolar bilan jihozlangan bo`lishi kerak

Shaxsni tibbiy ko`rikdan, shuningdek, diagnostika va davolash standartlari asosida instrumental va laborator tekshiruvlardan o`tkazish hamda davlat sog`liqni saqlash muassasasining maxsus xonasida tibbiy yordam ko`rsatish ichki ishlar organlari xodimlari nazorati ostida amalga oshirilishi shart.

    Boshqa yangiliklar