Buyuk Britaniyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi Jaguar kompaniyasi tomonidan yaratilgan elektrokrossoveri Evropaning eng yaxshi avtomobili deb topildi, deb xabar bermoqda Trend nashri.
Bu haqda Shveysariyaning Jeneva shahrida bo`lib o`tgan xalqaro ko`rgazmada e`lon qilindi. Mukofotni kompaniya dizayneri Jan Kallum qabul qilib oldi. Ushbu mashina ikkita motor bilan jihozlangan va u 400 ot kuchiga ega. “Yil avtomobili” Evropa mamlakatlaridagi soha vakillari tomonidan berilgan ovozlar natijasida aniqlangan.






