AQShning Massachusets shtatida bahorga xos bo`lmagan noqulay ob-havo kuzatilmoqda, deya xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Shtat bo`ylab tinimsiz yoqqan qorning qalinligi 20, ayrim joylarda esa 30-40 sm.dan oshgan. Meteorologiya sohasi vakillari bu mavsum davomida yoqqan eng qalin qor ekanini xabar qilishmoqda. Ularning bergan ma`lumotlariga ko`ra, qor bo`ronlari hafta so`ngiga qadar davom etadi. Hozirda odamlar uylari atrofini va avtomobilllari harakatlanishi uchun ko`chalarnii qordan tozalash bilan band.






