AsosiySport

O`zbek qizi Erondagi musobaqaning eng yaxshi sportchisi bo`ldi

'O`zbek qizi Erondagi musobaqaning eng yaxshi sportchisi bo`ldi'ning rasmi

Taekvondochilarimiz Eronning Fajr shahrida o`tkazilgan “Fajr Open” xalqaro musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda.

Asosiy tarkib vakillari bilan qatnashgan yurtdoshlarimiz o`zlariga bildirilgan ishonchni oqladilar.

Musobaqaning kechagi dasturida sportchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamg`arishdi, deb xabar berdi MOQ matbuot xizmati.

E`tiborlisi, -53 kg vazn toifasida oltin medalni qo`lga kiritgan Charos Qayumova tashkilotchilar tomonidan turnirning eng yaxshi sportchisi, deb topildi.

Qolaversa, O`zbekiston ayollar terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi o`rinni qo`lga kiritdi.

Sovrindor bo`lgan sportchilarimiz bilan tanishing:

Ayollar
-49kg: Madina Mannopova – 2-o`rin
-53kg: Charos Qayumova – 1-o`rin
-62 kg: Feruza Sadiqova – 1-o`rin
-67kg: Nigora Tursunqulova – 1-o`rin
+73 kg Svetlana Osipova – 2-o`rin
Erkaklar
-54 kg: Valentin Xegay – 3-o`rin
-74 kg: Nikita Rafalovich – 3-o`rin

    Boshqa yangiliklar