Farg`ona viloyati prokuraturasi o`zini osib qo`ygan Farg`ona Politexnika instituti talabasi bilan bog`liq holat yuzasidan rasmiy axborot berdi.
Farg`ona shahar IIO FMB navbatchilik qismining joriy yil 4 mart kuni soat 07.30 da Farg`ona shahar prokuraturasiga bergan xabariga ko`ra, Farg`ona politexnika instituti 2-kurs talabasi O`zbekiston tumani Qirqketmon MFY Qumbosti qishlog`ida yashagan 1995 yil 12 martda tug`ilgan N.I. Farg`ona shahar, Farg`ona ko`chasi 124-sonli ko`p qavatli uy ro`parasidagi tomorqadagi o`rik daraxtiga arqondan sirtmoq yasab o`zini o`zi osib vafot etgan. Mazkur xabarga asosan hodisa joyi Farg`ona shahar prokuraturasi va IIBning tezkor tergov guruhi tomonidan ko`zdan kechirilgan. Aniqlanishicha marhum N.I.ning murdasi bo`yin qismida strangulyasion egat bo`lib, boshqa tan jarohatlari bo`lmagan.
Shuningdek, uning o`limi sabablari va vaqtini aniqlash maqsadida sud ma`lumotnomasida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Sud-tibbiy ekpertizasining dastlabki ma`lumotnomasida N.I.ning o`limiga bo`yin a`zolarini sirtmoq bilan qisilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya sabab bo`lgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Farg`ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va mazkur holat viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.






