Bugun, 5 mart kuni O`zbekiston Xotin-qizlar qo`mitasida Jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko`rsatgan, o`zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo`shgan 290 nafar xotin-qizlar ilk bor “Mo``tabar ayol” ko`krak nishoni bilan taqdirlandi.
Prezident farmoni bilan ta`sis etilgan mazkur ko`krak nishoni bilan taqdirlash uchun Respublika komissiyasiga 684 ta hujjat taqdim etilgandi. Respublika darajasidagi idora va tashkilotlardan 103 ta xujjat qabul qilib olindi.
Ular barcha sohalarda etakchi, matonatli, fidoyi va e`tirof nomiga munosib mo``tabar ayollarimizdir.
Ko`krak nishoni bilan mukofotlanganlarga eng kam oylik ish haqining to`rt baravari miqdorida biryo`la to`lanadigan pul mukofoti topshiriladi.






