Davlat xizmatlari agentligi biznes muhitini yaxshilash yo`lidagi yana bir yangilikni taqdim etdi.
Agentlik matbuot xizmatidan ma`lum qilishlaricha, bugundan boshlab tadbirkorlar uchun bank hisob raqamini masofadan turib ochish imkoniyati yaratildi. Demak, endi ortiqcha ovoragarchiliklarga chek qo`yildi!
Tadbirkor sifatida ro`yxatdan o`tganlar o`ziga ma`qul bankni tanlaydi. So`ngra 5 daqiqa ichida bank hisobraqamini ochadi.
Buning 2 usuli, ya`ni Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurish yoki fo.birdarcha.uz orqali elektron xizmatdan foydalanish mavjud.
Tadbirkorlar bugun «Trastbank» va «Ipotekabank» Toshkent shahridagi filiallarida hisobraqam ochishi mumkin.
Har kuni banklar ro`yxati kengayib boradi.






