O`zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ma`lumotlariga ko`ra, 2019 yilning 3 mart kuni Moskva shahrida yo`l-transport hodisasi yuz bergan.
“YTH oqibatida 1986 yil 4 oktyabrda Namangan shahrida tug`ilgan mamlakatimiz fuqarosi Sardorbek Akramovich G`afurov halok bo`lgan”, - deyiladi xabarda.
Rossiya IIVning Moskva shahri bo`yicha Bosh boshqarmasi bergan xabarga ko`ra, hodisa vaqtida jarohat olgan 20 yoshli Saidjon Uksan o`g`li Urunov 1-son shahar klinik shifoxonasiga yuborilgan.
Ta`kidlanishicha, mazkur masala elchixona Konsullik bo`limi nazoratida turibdi.






