AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida poezd urib yuborgan yo`lovchi vafot etdi

'Toshkent viloyatida poezd urib yuborgan yo`lovchi vafot etdi'ning rasmi

Shu yilning 4 mart kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanidan o`tuvchi “Qodriya-Oqqovoq” temir yo`l bekatlari oralig`ining 16-km.da yuk poezdi “Qibray” QFY Birlik ko`chasida yashagan M.M.ni ehtiyotsizligi sabab urib ketgan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada M.M. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

"Hurmatli fuqarolar! Temir yo`lni kesib o`tayotganda hushyorlikni oshirib, xavfsizlik qoidalariga rioya qilishingizni so`rab qolamiz", - deya ogohlantirish berilgan xabarda.

    Boshqa yangiliklar