AsosiyJamiyat

Namangan viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

'Namangan viloyatiga yangi prokuror tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2019 yil 4 martdagi buyrug`iga asosan Raxmatov Rashid Nasrulloevich Namangan viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

R. Raxmatov 1978 yilda tug`ilgan, ma`lumoti oliy, huquqshunos. 2004 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 2004 yilda Navoiy shahar prokuraturasida boshlab, Navoiy viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2009 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshlig`i o`rinbosari, boshqarma boshlig`i, Buxoro shahar prokurori, Qoraqalpog`iston Respublikasi prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018 yilning noyabr oyidan shu vaqtgacha O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o`rinbosari lavozimida ishlagan.

    Boshqa yangiliklar