Janubiy Karolina shtatining lotereya komissiyasining dushanba kuni e`lon qilgan bayonotiga ko`ra, o`tgan mavsumda 1.5 milliard dollar pul mukofoti qo`yilgan "Mega Millions" lotereya o`yini ishtirokchilaridan biri 877 million dollardan ortiq rekord darajadagi naqd pul mukofoti sovrindori bo`ldi. Bu "Mega Millions" lotereyasi tarixidagi eng katta yutuq ekanligi aytilmoqda.
Yutuqli lotereya o`tgan yilning 23 oktyabr kuni Janubiy Karolina shtatining Simpsonvil shahridagi "KC Mart" supermarketida xarid qilingan.
G`olib bo`lgan o`yinchi jamoatchilikka o`z nomini oshkor qilmaslikka qaror qilgan. Lotereya xodimlari g`olibni faqat "Janubiy Karolinalik" deb atagan.
05.03.2019 06:52
Janubiy Karolinalik kishi lotereyadan 877 million dollar yutib oldi






