Mamlakatimiz diplomatik muassasasi bahorning ilk kunida o`z ishini boshladi, deya xabar beriladi Tashqi ishlar vazirligi saytida.
Konsullik okrugi Saxa Respublikasi (Yakutiya), Kamchatka, Primore, Xabarovsk o`lkalari, Amur, Magadan, Saxalin viloyatlari, Evrey avtonom okrugi va Chukotka avtonom okrugi hududini qamrab oladi, bir vaqtning o`zida ushbu hududlar Novosibirsk shahridagi O`zbekiston Bosh konsulxonasi konsullik okrugidan chiqariladi.
Shu kuniyoq Bosh konsulxona rasmiy ochilishi tadbirlarida ishtirok etgan biznes-doiralar va turistik kompaniyalar vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Muassasa quyidagi manzilda joylashgan: 690003, Vladivostok shahri, Verxneportovaya ko`ch., 46-uy, telefon: +7-423-260-48-00.






