Turkiyada futbolchi stadionga qo`lida ustara tig`i bilan tushdi, deya ma`lum qilmoqda Tvzvezda.ru nashri.
Mashmali voqea “Amedspor” va “Sakaryasor” klublari o`rtasidagi matchda bo`lib o`tgan. “Amedspor” o`yinchisi Mansur Chalar kaftiga ustara tig`ini qistirib, maydonga tushgan va asta-sekin raqib jamoa o`yinchilarining tanasini bildirmay kesa boshlagan. Bu esa o`yin tugaganidan so`ng ma`lum bo`lgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






