“Ko`rinmas odam” Jonni Deppsiz suratga olinadi, deb xabar qildi Day.Az nashri.
Gap shundaki, mashhur asarning yangicha kinotalqini uchun ancha avval aktyor bilan shartnoma tuzilgan edi. Endilikda ushbu shartnoma bekor qilingan va Deppning o`rniga aktrisa Elizabet Moss suratga tushishi mumkin.
Yangi “Ko`rinmas odam” rejissyori Li Uonnell bo`lishi kutilmoqda.






