Shu kunlarda Evropada karnavallar mavsumi bo`lib o`tmoqda, deya xabar qildi Lenta.ru nashri.
Italiyaning Venesiya shahrida bir necha kun avval boshlangan maskarad shousiga hozirga qadar bir necha ming sayyohlar tashrif buyurgan. Mamlakatga qo`shni Fransiyaning bir qator shahar va qishloqlarida ham an`anaviy festivallar tashkil etildi. Unda 10 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashgan. Bu kabi tadbirlar Xorvatiya bo`ylab ham davom etmoqda.






