AsosiySport

OChL. "Lokomotiv" o`z maydonida "Al-Vahda"ni mag`lubiyatga uchratdi

'OChL. "Lokomotiv" o`z maydonida "Al-Vahda"ni mag`lubiyatga uchratdi'ning rasmi

Toshkentning "Lokomotiv" klubi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidan o`rin olgan 1-tur uchrashuvida BAAning "Al-Vahda" klubiga qarshi maydonga tushdi.

O`yin 2:0 hisobida "temiryo`lchilar" g`alabasi bilan yakuniga etdi. Uchrashuvning 4-daqiqasida Temurxo`ja Abduxoliqov boshi bilan zarba berib hisobni ochgandi. 90+3 daqiqada esa "Lokomotiv" sardori Islom To`xtaxo`jaev jarimadan unumli foydalanib, hisobni 2:0ga etkazdi. Shu tariqa Andrey Fyodorov shogirdlari OChLning dastlabki turini g`alaba bilan boshladi.

OChL."V" guruhi

"Lokomotiv" - "Al-Vahda" 2:0

4 mart 2019 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni

Bosh hakam: Ko Xyung Jin (J.Koreya)

Gollar: Temurxo`ja Abduxoliqov (4), Islom To`xtaxo`jaev (90+3)

"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Anzur Ismoilov, Jamshid Iskanderov (Alisher Shog`ulomov, 68), Sardor Mirzaev, Temurxo`ja Abduxoliqov, Husniddin G`ofurov (Arslonmurod Amonov, 79), Islom To`xtaxo`jaev, Yovan Jokich, Davronbek Hoshimov, Oleg Zoteev, Diyorjon Turopov.

"Al Vahda": Muhammad Al Shamsi, Muhammad Bargash, Hamdan Al Kamoli, Ahmad Rashid, Hussayin Abbos (Halil, 35), Muhammad Abdulbosit (Tariq Al Xodaim, 62), Rim Chang Vu, Sulton Al Gafri, Mansur Al Xarbi (Muhammad Rashid, 75), Leonardo, Sebastyan Talyabue.

Ogohlantirishlar: Davron Hoshimov 8, Muhammad Abdulbosit 14 .

    Boshqa yangiliklar