AQShning Alabama shtatida ro`y bergan kuchli tornado 14 kishining umriga zomin bo`ldi, deya xabar berdi RIA Novosti nashri.
Xabarlarga ko`ra, hududda ketma-ket 2 ta tornado ro`y bergan. Tabiiy ofat tufayli 40 kishi turli darajada jarohat oldi. Ular hozirda kasalxonalarga olib ketilgan bo`lib, shifokorlar qurbonlar soni ortishi mumkinligini ma`lum qilishmoqda. Shuningdek, tabiiy ofat tufayli bedarak yo`qolganlar ham bor. Bo`ron yo`lida uchragan barcha narsani vayron qilgan. Xavfsizlik yuzasidan barcha maktablar yopilgan.






