Bugun, 4 mart kuni Samarqand viloyat Adliya boshqarmasi boshlig`i lavozimiga Nuriev Salohiddin Samadovich tayinlandi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati.
Salohiddin Samadovich Nuriev 2014—2018 yillarda Namangan viloyatida hamda 2018 yildan bugungi kunga qadar Qashqadaryo viloyatida Adliya boshqarmasi boshlig`i lavozimlarida faoliyat olib borgan.






