AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Tatariston AT va innovasiyalar sohasida hamkorlik qiladi

'O`zbekiston va Tatariston AT va innovasiyalar sohasida hamkorlik qiladi'ning rasmi

Joriy yilning 28 fevralidan 2 martiga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi va Innovasion rivojlanish vazirligi vakillaridan iborat O`zbekiston Respublikasi delegasiyasining Qozon shahriga tashrifi amalga oshirildi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Tashrif doirasida Tataristonning etakchi AT-kompaniyalari, innovasion «Startap-loyihalari» hamda texnologik parklari bilan istiqboldagi hamkorlik va sheriklik munosabatlari o`rnatilgan.

Hamkorlikdagi ishchi guruhi tomonidan Tatariston axborotlashtirish va aloqa vazirligi bilan birgalikda yaqin vaqt ichida hamkorlikni jadallashtirish hamda axborot-kommunikasiya texnologiyalari va innovasiyalar sohasidagi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo`yicha «yo`l xaritasi»ni shakllantirish bo`yicha kelishuvga erishildi.

Yo`l xaritasi «startap-ekotizimlar», istiqbolli loyihalarni moliyalashtirishning venchurli mexanizmlarini joriy etish, AT-ta`limni rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlarni nazarda tutadi.

«Innopolis» innovasiya parki va Qozon AT-parkiga tashrif yakunlariga ko`ra, hamkorlik to`g`risidagi tegishli kelishuvlar imzolandi.

    Boshqa yangiliklar