"Mening fikrim" jamoaviy murojaatlar portalida maktab o`quvchilari uchun jamoat transportini bepul qilish haqida petisiya paydo bo`ldi.
"Yoshlar – kelajagimizdir! Bugun mazkur tamoyil asosida ularga ko`plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Mana shunday sharoitda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda maktab o`quvchilari uchun jamoat transportini bepul qilishni maqsadga muvofiq deb o`ylayman", – deb yozadi petisiya muallifi.
Uning qayd etishicha, buning uchun o`quvchilik guvohnomalarini ham joriy etish kerak bo`ladi.
"Maktab rahbariyati tomonidan berilgan guvohnoma asosida maktab o`quvchilarini jamoat transporti uchun to`lovlar to`lashdan ozod qilishni taklif qilaman", – deyiladi murojaatda.






