AsosiySport

PEPSI Superligasining yangi mavsumiga qur`a tashlandi

'PEPSI Superligasining yangi mavsumiga qur`a tashlandi'ning rasmi

Bugun poytaxtimizdagi "Milliy" stadionda PEPSI Superligasi yangi mavsumiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`FA xabar berdi.

Avvalroq, Superliganing 2019 yilgi mavsumida 14ta klub ishtirok etshishi xabar qilingandi. O`zbekiston futbol assosiasiyasi Lisenziyalash qo`mitasi “Surxon” hamda “Dinamo” klublariga shartli ravishda Superliga yo`llanmasini taqdim etgan.

Qur`aga ko`ra PEPSI Superligasi birinchi turida quyidagi juftliklar o`zaro bahs olib boradigan bo`lishdi:

PEPSI Superligasi, 1-tur

"Surxon" - "Metallurg"

"Dinamo" - "Nasaf"

"So`g`diyona" - "Bunyodkor"

"Paxtakor" - "Lokomotiv"

"Navbahor" - "Qo`qon-1912"

"Andijon" - "Qizilqum"

AGMK - "Buxoro"

Eslatib o`tamiz, 1-tur uchrashuvlar 8 mart kuni boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar