AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda "Isuzu" yuk avtomashinasidagi shakar selitra bo`lib chiqdi

'Qashqadaryoda "Isuzu" yuk avtomashinasidagi shakar selitra bo`lib chiqdi 'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida mineral o`g`itlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi, deb xabar qildi O`zbekiston Davlat bojxona qo`mitasi matbuot xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, “Qarshi-G`uzor” yo`nalishida harakatlanayotgan fuqaro J.N. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasi xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, avtomashina yukxonasida tegishli hujjatlari bo`lmagan og`irligi 10,2 tonna ammiakli selitra mineral o`g`iti noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi aniqlanadi.

Shundan so`ng, Chiroqchi tumanida o`tkazilgan tadbir davomida “Chiroqchi-Samarqand” yo`nalishida harakatlanayotgan fuqaro G`.O. boshqaruvidagi yuk avtomashinasida 7,5 tonna ammiakli selitra mineral o`g`iti noqonuniy ravishda olib ketilayotganligi fosh etildi.

Shuningdek, fuqaro E.A boshqaruvidagi “Isuzu” yuk avtomashinasini belgilangan tartibda tekshirish jarayonida ushbu shaxs 50 kilogrammli qoplarda shakar olib ketayotganligini ma`lum qildi. Biroq, bojxonachilar umumiy qiymati 10,5 million so`mlik 7,5 tonna “sulfat ammoniya” mineral o`g`itlarini ashyoviy dalil sifatida olishdi.

Hozirda yuqorida keltirilgan holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar