Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida tovar moddiy boyliklarini noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi. “Namangan-Toshkent” yo`nalishida harakatlanib ketayotgan fuqaro A.A boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasi Chust shahri yaqinida to`xtatilib, xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday xujjatlari bo`lmagan qiymati 85 million so`mlik 16 turdagi kiyim-kechak mahsulotlari borligi aniqlandi.
Shuningdek, tadbir davom ettirilib Namangan shahrida fuqaro U.Jga tegishli ustaxona va uning boshqaruvidagi “Mersedes Atako” rusumli yuk avtomashinasi ko`zdan kechirildi. Natijada, mamlakatimizga noqonuniy olib kirilgan180 million so`mlik 11 turdagi maishiy texnika vositalari va kiyim-kechak tovarlari borligi aniqlandi.
Tezkor tadbir davomida ashyoviy dalil sifatida olingan umumiy qiymati 265 million so`mlik tovarlar vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






