AsosiyJamiyat

Bojxona to`lovlaridan qochish naf bermadi

'Bojxona to`lovlaridan qochish naf bermadi'ning rasmi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari bojxona to`lovlaridan qochishga urinish bilan bog`liq bir necha kabi qoidabuzarlik holatlarini fosh etishdi. Jumladan, “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkor nomiga xorijdan keltirilgan “Choy servizi” chinni idishlari belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Natijada,bojxona yuk deklarasiyasida hamdayuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilganidan ortiqcha ya`ni umumiy qiymati 52 million so`mlik 554 dona chinni choy servizlarini mavjudligi aniqlandi.

Shuningdek, “Ark buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan yana bir mas`uliyati cheklangan jamiyat nomiga xorijdan keltirilgan yuklar bojxona yuk deklarasiyasi va yo`l yuk kuzatuv hujjatlariga ko`ra bojxona ko`rigidan o`tkazilganida hujjatlarda ko`rsatilmagan umumiy qiymati 47,7 million so`mlik 159 o`ram tikish simlari borligi ma`lum bo`ldi.

Ayni paytda salkam 100 million so`mni tashkil qilgan ushbu tovar-moddiy vaqtincha saqlovga olinib holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar