Braziliyada 20 yoshli Layan Dias pirsing qildirgandan so`ng, burni qizarib ketib og`riq paydo bo`ladi. Oldiniga qiz bunga e`tibor bermadi, deb yozadi Daily Mail nashri.
Lekin vaqt o`tishi bilan qizning tana harorati ko`tarilib, oyog`ida ham kuchli og`riq paydo bo`ladi. Shunda qiz shifokorga murojaat qiladi.
O`tkazilgan tekshiruvlar tahliliga ko`ra, qizning qonida stafilokokk borligi va ushbu holat shamollashga sabab bo`lgani aniqlanadi. Tanadagi stafilokokk tufayli yiring yig`iladi, natijada umurtqa pog`onasi faoliyati buziladi.

O`tkazilgan jarohlikka qaramay, qiz oyoqqa turolmadi. Hozirda u nogironlar aravachasida harakatlanadi.







