2019 yil 8 fevral kuni Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida yashovchi Y.I. IIBga murojaat qilib, noma`lum shaxslar qo`yxonasidan 4 bosh qo`ylarini o`g`irlab ketganliklarini ma`lum qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Qidiruvlar natijasida ushbu jinoyatni Ohangaron agro iqtisodiyot kasb-hunar kolleji o`quvchisi X.X. va Toshkent yuridik kolleji o`quvchisi M.A.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






