Kalappa Kumbar ismli fermer ikki oyoqli buzoqchaning onasi kichkintoyni oziqlantira olmasligidan havotirda, deb xabar bermoqda rambler nashri.
Jonivor mustaqil ravishda harakatlana olmaydi, u deyarli kun bo`yi yotadi va hatto o`rnidan qo`zg`alishga harakat qilmaydi. Erkak uni shishacha yordamida oziqlantiradi.
Fermer buzoqchani ikki oyoqda harakatlanishga o`rgatishga umid qilmoqda, ammo hozircha kichkintoy bu harakatlarni uddalay olmaydi. Hozir u odamlar yordamida ikki oyoqda ikki soniya joyida qotib tura oladi, xolos.
Sigir - Hindistonda muqaddas jonivor, boquvchi sanaladi. Afsonalarga ko`ra, sigir barcha orzularni amalga oshira oladi, shu bois, jonivorni boqishadi, hurmat qilishadi, jamoat joylardan haydab solishmaydi, bundan tashqari, mol go`shti Hindistonda ovqatda ishlatilmaydi.






