AsosiyJamiyat

Bugun yangi partiyaning ta`sis s`ezdi bo`lib o`tadi

'Bugun yangi partiyaning ta`sis s`ezdi bo`lib o`tadi'ning rasmi

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 4 ta siyosiy partiya – O`zbekiston Xalq-demokratik partiyasi, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi, "Adolat" sosial-demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston liberal-demokratik partiyasi safiga O`zbekiston ekologik partiyasi ham qo`shiladi, deb xabar bermoqda O`zA.

O`zbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalar to`g`risida"gi qonunining 6-moddasiga asosan ekologik partiya tashkil etish bo`yicha mamlakatimiz fuqarolaridan iborat tashabbuskorlar guruhi shakllangani hamda o`tkazilgan majlislar haqida xabar berilgandi.

Bugun, 8 yanvar kuni poytaxtimizdagi Xalqaro savdo markazida mazkur yangi partiyaning ta`sis s`ezdi bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar