Zimbabveda noyob karkidonning hayoti saqlab qolish maqsadida ularga GPS o`rnatilmoqda, deb xabar qildi Segodnya nashri.
Fransiyalik mutaxassislar tomonidan kamyob karkidonlar hayot tarzini kuzatish maqsadida jonivorlarning shoxlariga qurilma o`rnatish rejasi ishlab chiqilgan. Bu orqali jonivor doimiy tarzda nozoratda bo`ladi. Brokonerlar hujumi yoki boshqa falokatlar sodir bo`lganda, qo`riqxona xodimlari zudlik bilan etib borib, jonivorga yordam ko`rsatishlari mumkin bo`ladi.
Ko`p yillar davomida yovvoyi hayvonlarni kuzatish uchun turli texnika va qurilmalar sinovdan o`tkazilgan. Biroq hech biri kutilganidek samara bermagan edi. GPS ham samarali, ham arzon bo`lgani tufayli uni har bir karkidonga o`rnatish mumkin.






