O`tgan haftada Indoneziya g`arbida sodir bo`lgan er ko`chkisida halok bo`lganlar soni 31 taga etdi. Bu haqda "Jakarta Post" gazetasi xabar berdi.
Hodisa sababli hayotdan ko`z yumganlar 15 nafarligi, 20 kishi bedarak yo`qolganligi haqida avvalroq xabar qilingan edi. Qayd etilishicha, er ko`chkisi yuz bergan hududda qutqaruv-qidiruv guruhi kuchlari yanada faollashtirildi.
Shuni ham eslatib o`tamizki, 31 dekabr kuni Indoneziyaning Janubiy Yava provinsiyasida kuchli jala oqibatida er ko`chkisi sodir bo`lgan edi. 34 xonadon tuproq ostida qolgan.






