AsosiyJamiyat

Sirdaryoda 48 nafar ayol uy bilan ta`minlanib, 150 nafarining bandligi ta`minlandi

'Sirdaryoda 48 nafar ayol uy bilan ta`minlanib, 150 nafarining bandligi ta`minlandi'ning rasmi

Joriy yilning 5 yanvar kuni Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida 48 nafar og`ir turmush sharoitida kun kechirayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga namunaviy loyihalar asosida qurilgan yangi uy-joylarni topshirish marosimi bo`lib o`tdi.

Tadbirda viloyatning Boyovut, Guliston, Mirzaobod tumanlari va Shirin shahridan bo`lgan xotin-qizlar uy-joylar bilan ta`minlanadi.

Shuningdek, ayollarga hududiy hokimliklar hamda homiylar tomonidan kerakli uy-ro`zg`or buyumlari sovg`a sifatida berildi.

Mazkur fuqarolarning uy-joylar uchun boshlang`ich badallari Xotin-qizlarni va oilalarni qo`llab-quvvatlash jamoat fondi hamda homiy tashkilotlar hisobidan to`lab berilgan.

Shu kuni Sayxunobod tumanida yosh tadbirkor Fayzullaeva Gulchehra viloyat Milliy bankidan olgan 450 mln. so`mlik imtiyozli krediti evaziga tashkil etilgan “Guli modalar dunyosi” tikuv sexini ochilish marosimi bo`lib o`tdi. 120 ta tikuv mashinasi o`rnatilgan mazkur sexda 150 nafar tumanning "Nurli yo`l" mahallasida istiqomat qiluvchi qishloq ayollarining bandligini ta`minlandi.

Shuningdek, mazkur sex qoshida ishsiz ayollarni kasb-hunarga o`qitish bo`yicha 40 o`rinli tikuvchilik kursi tashkil etildi. Ushbu o`quv kursi bitiruvchilari kelgusida shu korxona ishchisi sifatida faoliyat yuritadi va sexning ikki smenada ishlashi uchun imkoniyat yaratiladi.

    Boshqa yangiliklar