AsosiyJamiyat

Andijon hokimining o`rinbosari vafot etdi

'Andijon hokimining o`rinbosari vafot etdi'ning rasmi

Andijon viloyati hokimining investisiyalar, innovasiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo`yicha o`rinbosari Salombek Habibullaev 6 yanvar kuni olamdan o`tdi. Bu haqda «Daryo» nashri xabar bermoqda.

2018 yilning 26 yanvaridan boshlab mazkur lavozimda mehnat qilib kelgan Salombek Habibullaev 1971 yil 26 sentyabrda Toshkent shahrida tavallud topgandi.

1992 yili Toshkent davlat universitetini bitirgach, 1992—2018 yillarda hozirgi O`zMUning «Yarimo`tkazgichlar va dielektriklar fizikasi» kafedrasida assistent, tadqiqotchi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi etakchi mutaxassisi, bo`lim boshlig`i, axborot-tahlil departamenti boshlig`i, O`zbek—yapon markazi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgandi.

    Boshqa yangiliklar