AQShda bolakay baliq hidi tufayli vafot etdi, deb xabar qilmoqda Layf nashri.
11 yoshli Kemeron Jan Per buvisini ko`rgani borgan. U buvisining uyidagi oshxonadan tarqalayotgan baliq hididan halok bo`lgan. Negaki bolakayning baliq hidiga allergiyasi bo`lgan ekan.
Hech qanday chora Kemeronning tirik qolishiga yordam bermagan.






