Yilning eng yomon aviakompaniyasi e`lon qilindi, deb xabar qildi Segodnya nashri.
Irlandiyaning Ryanair aviakompaniyasi 2018 yilning eng yomon aviakompaniyasi deb topildi. Bunday xulosaga Britaniyaning Which ijtimoiy tarmog`i kelgan.
2018 yil davomida Ryanair kompaniyasida ko`plab uchuvchilar maosh pastligi tufayli isyon ko`tarishgan. Natijada ko`plab reyslar bekor qilingan.
Shuningdek, top uchlikka Wizz Air va Thomas Cook Airlines aviakompaniyalari ham kirgan.






